1. Umumiy qoidalar. Toop.uz — bu loyihalar, brendlar, botlar, kanallar va kasbiy faoliyat uchun ochiq reyting platformasi. Reytingdagi o'rin ochiq auksion tartibida, eng yuqori taklif asosida beriladi. Ushbu oferta Toop.uz xizmatlaridan foydalanuvchi har bir shaxs uchun majburiydir.
2. Xizmat mohiyati. To'langan summa faqat reytingdagi ko'rinarlilik (pozitsiya) uchun to'lanadi. Bu na xizmat sifatiga, na savdo yoki mijozlar oqimiga kafolat bermaydi. Platforma faqat texnik infratuzilmani taqdim etadi.
3. Qatnashish shartlari. Reytingga faqat loyiha, brend, bot, kanal yoki kasbiy faoliyat asosida chiqiladi. Shaxsiy fizik sifatlar (boylik, tashqi ko'rinish va h.k.) reyting predmeti bo'la olmaydi. Bunday e'lonlar oldindan ogohlantirmasdan olib tashlanadi va to'langan summa qaytarilmaydi.
4. To'lov va pozitsiya. Pozitsiya joriy eng yuqori taklifdan oshirib to'langan summaga muvofiq beriladi. Boshqa ishtirokchi undan yuqori summa to'lasa, pozitsiya avtomatik ravishda o'zgaradi. To'langan summalar qaytarilmaydi (invoice asosida).
5. Javobgarlik. Har bir ishtirokchi o'zi joylashtirgan havola, nom va tavsif uchun to'liq javobgar. Toop.uz uchinchi shaxslar tomonidan joylashtirilgan kontent mazmuni yoki haqqoniyligini tasdiqlamaydi va bu bo'yicha javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
6. Reyting va statistika. Klik va tashrif ko'rsatkichlari faqat ma'lumot maqsadida ko'rsatiladi va moliyaviy hisobot sifatida ishlatilmaydi.
7. O'zgarishlar. Toop.uz ushbu oferta shartlarini oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Yangilangan shartlar sayt orqali e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Aloqa. Savol va shikoyatlar bo'yicha — sayt pastidagi "Aloqa" bo'limi orqali murojaat qiling.